Lucas Lessio




Lucas Lessio (talaffuzi: Lukas Lessiyo) (1993-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Lucas Lessio Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Krefeld Pinguine“ xokkey klubi safida faoliyat olib bormoqda. Lucas Lessio 2011-yilgi NHL kirish loyihasida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Oʻyin faoliyati



Lucas Lessio 2012—2013-yilgi mavsumda „Oshawa Generals“ xokkey klubi safida musobaqalarda ishtirok etdi. Lucas Lessio bu mavsumda Ontario xokkey Llgasining 35 ta oʻyinida maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Lucas Lessio, shuningdek, 2012—2013-yilgi AHL mavsumi oxirida „Portland Pirates“ xokkey klubi safida Amerika xokkey ligasining beshta oʻyinida maydonga tushdi.

Mavsum oldi yigʻinini muvaffaqiyatli oʻtkazgandan soʻng, Lucas Lessio 2013—2014-yilgi mavsumni „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi bilan boshladi.

2015—2016-yilgi mavsumda Lucas Lessio klubning AHLdagi yangi filiali „Springfield Falcons“ xokkey klubida oʻtkazdi. 2015-yilning 15-dekabrida Lucas Lessio Christian Thomas evaziga „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. 2016-yilning 31-yanvarida Lucas Lessio klub safiga qoʻshildi.

2016-yilning oktyabr oyida Lucas Lessio Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Medvescak Zagreb“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Lucas Lessio KHLda 38 ta musobaqada qatnashib, oʻn bitta gol va toʻqqizta golli uzatmani amalga oshirdi. 2017-yil fevral oyida Lucas Lessio Shvetsiya xokkey ligasining „Örebro HK“ xokkey jamoasiga oʻtdi. Lessio mavsumni „Örebro HK“ klubi bilan oʻtkazdi.

2017-yil 20-iyun kuni Lucas Lessio Latviyaning „Dinamo Riga“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Lucas Lessio klub safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va keyinroq 2017-yil 3-noyabrda "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

2020-yil 22-iyulda Lucas Lessio DEL vakili „Krefeld Pinguine“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz