Lucas Jade Zumann
Lucas Jade Zumann (2000-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U "Gunohkor 2" qo`rqinchli filmida Milo, "20-asr ayollari " hind komediya-drama filmida Jeymi Filds va "Anne, E bilan" filmida Gilbert Blythe rolini o'ynagan.
Shaxsiy hayot
Zumann Illinoys shtatining Chikago shahrida tug'ilgan, to'rt aka-ukaning eng kattasi hisoblanadi. U oilada yahudiy e'tiqodlari bilan tarbiyalangan va ibroniy maktabida o'qigan. U Waters boshlang'ich maktabida o'qidi, keyin beshinchi sinfda Chikago Valdorf maktabiga o`tib, sakkizinchi sinfgacha o`qidi va yana o'n ikkinchi sinfda shu maktabga qaytib keldi.
Karyera
Paskal Rudnicke Chikagoda Disney iste'dodlarini izlash bo`yicha bo`lib o`tgan kasting paytida Lukasning iste'dodini kashf etdi. Uning aktyorlikka bo`lgan ilk qadami "Oliver" musiqiy asarida ansambl a'zosi sifatida o'z tug'ilib o'sgan shahridagi Musiqa teatri fabrikasida(sobiq Light Opera Works) bo`lgan. Keyinchalik, u Netflix Sense 8 serialida epizod ijro etadi.
Zumannning birinchi katta roli "Gunohkor 2" dahshatli filmidagi Milo obrazi bo'lgan. U, shuningdek, Elle Fanning, Billi Krudup, Greta Gervig va Annet Bening bilan birgalikda Oskar mukofotiga nomzod bo'lgan hamda 20-asr ayollari filmida Jeymi Filds rolini o'ynashi bilan tomoshabinlar e'tiboriga sazovor bo`ladi. U dunyoga Kanada Netflix serialida Gilbert Blythe nomi bilan tanilgan, shuningdek, "Har kun" (2018) o'smirlar romantik-komedik filmida Neytan Daldri /A rolini ijro etgan.
Filmografiya
Film
Televideniye
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org