Lucas Hernandez
Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib bo‘lgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
Atletiko Madrid
Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi) va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi, ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi.
Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda o‘tkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi.
Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini o‘tkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, to‘liq 90 daqiqa davomida o‘ynadi. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi.
2015-16-yilgi mavsum 2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga ko‘tarildi. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida bo‘lib o‘tdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan so‘ng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida g‘alaba qozondi). 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi.
2016-17-yilgi mavsum 2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.
2017-18-yilgi mavsum 2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi.
2018-19-yilgi mavsum Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi.
2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, Ernandesning o‘ng tizzasidagi medial tanglay bog‘lamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes o‘ng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi.
Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng ko‘p xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning o‘zida tark etib, „Barselona“ga o‘tgan Antuan Grizmanndan ham ko‘proq u muhim oʻyinchi edi.
Bavariya
2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga o‘tishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.
2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi.
2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi.
Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi o‘yin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yo‘qolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini ko‘rishga qonuniy ravishda to‘siq qo‘ygani aniqlangan.
2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi.
Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar [51]
Xalqaro
2022-yilning 22-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[52]
Yutuqlari
Atletiko Madrid Bavariya Fransiya Shaxsiy sovrinlar Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org