Luca Lanotte
Luca Lanotte (talaffuzi: Luka Lanotte; 1985-yil 30-iyulda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi italiyalik muz raqqosi. Sherigi Anna Cappellini bilan birga 2014-yilgi Jahon chempioni, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2015 Cup of Chinamusobaqasining chempioni va Gran-pri seriyasida oʻn uch karra medal sovrindori hamda yetti karra Italiyaning milliy chempioni (2012 — 2018) boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Luca Lanotte 1985-yil 30-iyulda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. U muz raqqosasi Eve Bentley bilan oila qurgan.
Faoliyati
Luca Lanotte yetti yoshida konkida uchishni boshlagan va o‘n yoshida yakka holda konkida uchishdan muz raqsiga o‘tgan. U Adriana Jovino, Camilla Spelta va Camilla Pistorello bilan juftlikda konkida uchib, Pistorello bilan birga oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Cappellini bilan
Luca Lanotte 2005-yil may oyida Cappellini bilan juftlik hosil qilgan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi kuchli mavsumdan soʻng, Cappellini / Lanotte juftligi 2006 — 2007-yillarda kattalar toifasida musobaqalarda debyut qilgan. Juftlik oʻzining birinchi Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Navbatdagi Jahon chempionati musobaqasi oldidan Cappellini chap yelkasidan jarohat olgan. Juftlik Jahon chempionatidagi erkin raqs namoyishida yiqilib, 13-oʻrindan joy olgan.
2007 — 2008-yillarda Cappellini / Lanotte jufligi oʻzining birinchi Gran-pri medalini — Skate Canada turnirining kumush medalini qoʻlga kiritgan, Yevropa chempionatida yettinchi oʻringa koʻtarilgan va Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan.
Cappellini / Lanotte juftligi 2008 — 2009-yillarda Gran-pri musobaqalarining birortasida ham medal olmagan, ammo Yevropa chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilgan va Jahon chempionatida yana o‘ninchi o‘rinni egallagan. Mavsum oraligʻida ular murabbiylarni almashtirishga qaror qilishgan va murabbiylar Muriel Boucher-Zazoui va Romain Haguenauer bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun Fransiyaning Lion shahriga koʻchib oʻtishgan.
2011 — 2012
Cappellini / Lanotte juftligi 2011 Skate Canada International va 2011 Trophee Erik Bompard musobaqalarida ishtirok etib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik2012-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
Dasturlari
Lanotte bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Lanotte bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org