Luara




Luara (fransuzcha: Loire) — Fransiyadagi eng uzun dare. Uz. 1012 km, havzasining maydoni 115 ming km². Savenna togʻlaridan boshlanib, Markaziy Fransiya massivi va Luara pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga estuariy hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Alye, Sher, Vyenna (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 800 m³/sek. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Suvi fevral va mart oylarida koʻpayib, avgust va sentabr oylarida kamayadi. Roan shahrigacha kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn, Sena, Sona daryolari bilan bogʻlangan. L. daryosi sohillarida Orman, Tur, Nant shaharlari, estuariysida — Sen-Nazer porti joylashgan. L. vodiysida 15—16-asrlarda qurilgan koʻplab qasrlar saqlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz