László Lovász




László Lovász (talaffuzi: Laslo Lovas) (1948-yil 9-martda tugʻilgan) — vengriyalik matematik. Lovász kombinatorika sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. Lovász Vengriya fanlar akademiyasining hozirgi prezidentidir. Olim 2007-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha Xalqaro matematika ittifoqining prezidenti boʻlib ishlagan. 1999-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 2021-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlandi.

Lovász Budapesht shahrida tugʻilgan. oʻrta maktabda Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan (1964, 1965, 1966-yillarda). Lovász 1970-yil Vengriya fanlar akademiyasidan Tibor Gallai rahbarligi ostida PhD darajasini olgan. 1975-yilgacha Eötvös Loránd universitetida ishlagan, 1975–1982-yillarda Szeged universitetining geometriya boʻlimini boshqargan. 1982-yilda Eötvös Loránd universitetiga qaytib, u yerda informatika kafedrasini yaratgan.

Lovászning rafiqasi Katalin Vesztergombi ham matematik boʻlib, juftlik hamkorlikda bir necha ilmiy maqola yozgan. Shuningdek, taniqli vengr matematika Paul Erdős bilan 6 ilmiy maqola yozgan. Matematika boʻyicha bir necha kitobga mualliflik va muharrirlik qilgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz