Lozanna Konferensiyasi




Lozanna konferensiyasi - Yaqin Sharq masalalari boʻyicha 1922-yil 20-noyabr — 1923-yil 24-iyulda boʻlib oʻtgan konferensiya. Turkiya Angliya — Gretsiya interventlariga karshi urushda (1919—22) gʻalaba qozonganidan keyin oʻtkazilgan. Unda bir tomondan — Turkiya, 2-tomondan — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya, Yugoslaviya ishtirokida Lozanna tinchlik sulhi imzolandi (1923-yil 24-iyul), Turkiyaning hozirgi chegaralari belgilandi. Kapitulyasiyalar rejimi va chet ellik fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy imtiyozlari, Turkiya ustidan xalqaro moliyaviy nazorat bekor qilindi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz