Loyxo‘raklar




Loyxoʻraklar (Gallinago) — balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar urugʻi. 12 turi bor. Juda uzun tumshugʻining uchki qismidagi sezgir tanachalari ozigʻini topishga yordam beradi. Patlari tanasining orqa qismida sariq-qoʻngʻir, koʻkragi va qornida oqish. Yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 turi: oddiy loyxoʻrak, Osiyo loyxoʻ-ragi, dupel, togʻ va oʻrmon dupellari uchraydi. Uyasini zax joyga quradi, 4 ta tuxum qoʻyadi. L. har xil mayda umurtqasizlar bilan oziklanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi.

Ayrim oʻzbekcha dialektlarda yomgʻir chuvalchanglari loyxoʻrak deb ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz