LOX-NESS
LOX-NESS — Buyuk Britaniya shimoldagi ko’l, Shotlandiyada. Glen-Mop tektonik botig’ida joylashgan. Maydoni 56 kilometr kvadrat, uzunligi 39 kilometr, eng chuqur joyi 230 metr. Qirg’oqlari tik, qoyali. Muzlamaydi. Atlantika okeanining Mori-Fert qo’ltig’iga oqadi. Lox-Ness — Kaledon kanalining bir qismi. Lox-Nessda “Nessi” deb nomlanuvchi noma’lum ulkan mahluq yashaydi degan taxminlar bir necha yillardan buyon tasdiqlanmadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz