Lovrensics Gergő
Lovrensics Gergő (talaffuzi: Gerge Lovrenchich; 1988-yil 1-sentyabrda Vengriyaning Szolnok shahrida tugʻilgan) — vengriyalik futbolchi, „Hajduk“ futbol klubi va Vengriya terma jamoasi vingeri. 2016—2020-yillardagi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Lovrensics Gergő faoliyatini „Budafoki“ futbol klubida boshlagan. Vengriyaning ikkinchi hamda uchinchi divizionida ishtirok etgan. Mavsum oxirida u jamoani tark et gan va „Pécsi“ futbol klubiga qoʻshilgan. Lovrensics Gergő Vengriya chempionatida „Pécsi“ futbol klubi safida uch mavsum oʻynagan. Keyin esa „Lombard“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2011-yilning 16-iyulda „Újpest“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u yangi jamoada debyut qilgan. 6-avgust kuni „Rákóczi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lovrensics Gergő „Lombard“ futbol klubi safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan 2012-yil 5-may kuni „Ferencvárosi“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u „dubl“ni amalga oshirgan.
2012-yilning yozida Lovrensics Gergő Polshaning „Lex“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. 18-avgust kuni „Ruch Chorzów“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Polsha Ekstraklasasida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda Lovrensics Gergő yangi jamoasi safidagi ilk golini urgan. Debyut mavsumida u jamoaning ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan va „Lex“ futbol klubi rahbariyati uning transferini sotib olgan. 2015-yilda Lovrensics Gergő klubga chempionlik va Polsha Superkubogini yutishda yordam bergan.
Xalqaro faoliyati
2013-yil 6-iyun kuni Lovrensics Gergő Vengriya terma jamoasida Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. 2015-yil 11-oktyabrda 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Gretsiyaga qarshi o‘yinda Lovrensics Gergő milliy terma jamoa safidagi ilk golini urgan.
2016-yilda Lovrensics Gergő terma jamoa tarkibida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Lovrensics Gergő Portugaliya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2021-yilda Lovrensics Gergő Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Portugaliya, Fransiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Statistika
Xalqaro statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org