Lovilakon




Lovilakon — Navoiy viloyati Konimex va Tomdi tumanlaridagi koʻl. Qizilqum choʻlining chekkasida. Oyoqquduq qishlogʻidan 20 km jan.-sharkda L. choʻldagi pastqam taqirda hosil boʻlgan. Maydoni (suvi koʻpayganda) 262 ga. Sayoz boʻlganligi va suvining koʻplab bugʻlanishi sababli kuzda maydoni kichrayib qoladi. Yer osti va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. L.ning ancha qismini oʻt bosgan, chekka qismlari botqoqlik, qamishzor. Suvi shoʻr.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz