Louis-Ferdinand Céline




Louis-Ferdinand Céline (talaffuzi: Louis Ferdinand Céline; asl familiyasi — Destouches (talaffuzi: Detush; 1894-yil 27-may, Kurbevua — 1961-yil 1-iyul, Medon) — fransuz yozuvchisi, mutaxassisligi boʻyicha shifokor. 20-asrning eng mashhur va taʼsirli yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Birinchi jahon urushi faxriysi.

Hayoti



Yozuvchi 1894-yil 27-may kuni Fransiyaning Kurbevua shahrida, Ferdinand Detush va Margerita Giyo oilasida tavallud topadi. Unga buvisi „Céline“ laqabini bergan. 1908-yildan 1910-yilgacha Germaniya va Buyuk Britaniyaga oʻqish uchun safar qiladi. Ota-onasiga jahl qilib oʻqishni tashlaydi va Birinchi jahon urushi boshlangunidan ikki yil oldin Fransuz armiyasida koʻngilli sifatida ro\yxatdan oʻtadi. Urush boshlangunicha Serjant harbiy unvoniga ega boʻladi. Jang maydonida koʻrsatgan shaxsiy jasoratlari tufayli Fransiyaning eng martabasi ulugʻ medallaridan biri boʻlmish Harbiy medalga sazovor boʻladi. Biroq, keyinchalik u vatanparvarlik va urushga oʻzining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, juda ham salbiy taʼrif beradi. Uning birinchi romani aynan shu mavzuga bagʻishlangan.

Bibliografiya



Romanlari




Aralash




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz