Louis Partridge




Luius Patrik Jeyms Partridge (2003 yil 3 iyunda tugʻilgan) – u ingliz aktyori hisoblanadi. U Netflix filmlaridagi "Enola Xolms" (2020) va "Enola Xolms 2" (2022), va " Pistol " (2022) mini-serialidagi Sid Vicious roli orqali ommaga mashxur bo'ldi.

Hayoti



Partridge 2003-yil 3-iyunda Londonning Vashington shahrida tugʻilgan. U o'z onasi qaramog'ida o'sib ulg'aydi. Uning bir katta opasi va bir singlisi bor.

Keyinchalik Partridge Dulvich tayyorgarlik maktabida tahsil oldi. U Alleyn nomli o'rta maktabda o'qidi va u yerda ''Tayson uyi'' nomli guruhda a'zo edi. U 2021-yilda fransuz, ingliz tillarida va shuningdek, kinoshunoslik boʻyicha oʻzining A darajalarini muvaffaqqiyatli tamomlagan.

Karyera



James Partridge 2014 yilda "Suv ostida" qisqa metrajli filmida aktyorlik debyutini qilgan. Partridge Tvikenham stadionida boʻlib oʻtgan Uelsga qarshi regbi boʻyicha Jahon kubogi 2015 oʻyinida ishtirok etgan.

Partridge dastlab Paddington 2 filmida ommaga ko'rinish berdi. U Enola Xolmsda Millie Bobbi Braun va Genri Kavill bilan birga Tukesberg rolini oʻynaganida yanada mashhurlikka erishishga muvaffaq bo'ldi. U filmning 2022 yilgi seriyasida ayni shu rolni takrorladi. 2019-yilda u dunyoga mashhur bo'lgan Piter Pan rolini oʻynagan.

KINOLAR




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz