Louis Nirenberg




Louis Nirenberg (talaffuzi: Luis Nirenberg) (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariyasiga, xususan, bunday tenglamarning kompleks tahlil va geometriyada tatbiq qilinishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Nirenberg 20-asrning eng iqtidorli matematiklaridan biri hosoblanadi. Olim 2015-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Nirenberg Kanadaning Hamilton shahrida tugʻilgan, Montreal shahrida ulgʻaygan. Nirenberg 1945-yili McGill universitetida fizika va matematika fanlaridan bakalavr darajasini olgan. 1949-yil New York universitetida James Stoker rahbarligida PhD darajasini olgan. Shuningdek, unga 2010-yilda Britaniya Columbiasi universitetidan faxriy fan doktori ilmiy darajasi berilgan.

Nirenberg Gagliardo–Nirenberg interpolatsiya tenglamasi muallifi oʻlaroq tanilgan boʻlib, ushbu tengsizlik elliptik qisman differensial tenglamalarni yechishda qoʻl keladi. Olim, shuningdek, John-Nirenberg maydoni oʻlaroq maʼlum boʻlgan cheklangan oʻrta qiymat tebranishi funksiyalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Bu funksiyalardan elastik materiallar xususiyatlarini hamda qimor oʻyinlari natijalarini oʻrganishda qoʻllaniladi.

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz