Loui Batley




Louie Anne Batley (Chorley shahrida tugʻilgan) — ingliz aktrisasi, qoʻshiqchisi va raqqosasi. "Hollyoaks" filmidagi Sara Barns roli bilan tanilgan. U 1998-1999- yillarda Rivington boshlang'ich maktabida va Vestgolm yuqori maktabida qatnagan. Ammo raqsga bo'lgan mehri sabab maktabni tark etgan.

Faoliyati



Loui "Hollyoaks" filmidagi rolidan oldin, boshqa kichik rollarni o'ynagan. Jumladan "Julia Davis" mukofotga sazovor bo'lgan "Night Night" komediyasining ikkinchi seriyasida Angus Deaytonning yosh qiz do'sti Natali rolini ijro etgan edi.

Loui "Channel 4"ning mahsuloti bo'lgan "Hollyoaks" serialida Sara Barns rolini ijro etgan. U 2005-yildan 2009-yilgacha ushbu rolni o'ynagan.

Loui "BBC"ning "Just the Two of Us" ko'rsatuvining ikkinchi seriyasida ishtirok etishi kerak edi. Ammo uning professional qo'shiq sherigi Russell Watson sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli shouni tark etganidan so'ng, Loui ham shoudan ketib qolgan. Loui shuningdek, 2007-yilgi "BBC" "Children in Need" dasturining ochilish marosim qoʻshigʻini ijro etdi. Shuningdek, hamkasblar Kevin Sacre, Gerard McCarthy va Summer Strallen bilan birga marosimdagi qo'shiqni ijro etgan edi.

Hozirda u "Verity va Violet" guruhida dugonasi Jessica Dolman bilan birga qo'shiq kuylaydi.

Televizion




Filmlar




Boshqa




Teatr




Modellashtirish




Mukofotlari




Shaxsiy hayoti



"Hollyoaks" filmida Simon Crosby rolini o'ynagan Simon Lawson va Batley kelajakdagi iste'dodlar uchun aktyorlik maktabini tashkil qilishdi. 2009-yilda ular Londonning "Earls Court Road" ko'chasidagi malika "Viktoriya" jamoat uyini ijaraga oldilar. "Verity va Violet" deb nomlanuvchi guruhining Twitter akkaunti orqali Simon Lawson va Batley 2013-yil iyul oyida turmush qurishganligi e'lon qilishgan. Batley 2019-yil yanvar oyida yosh oilaning birinchi farzandini dunyoga keltirdi. 2020-yil 4-oktyabrda Batley ikkinchi farzandiga homilador ekanligini eʼlon qildi. 2021-yil 15-martda u qizi Dora tug'ilganini e'lon qildi. 

Uning akasi Tobias Batley professional balet raqqosi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz