Lotte World Tower (Lotte Butunjahon Minorasi)




Lotte World Tower (Lotte Butunjahon Minorasi) - Seul shahrida, joylashgan 123 qavatli, 555 m (1,821 ft) balandlikdagi osmono'par bino hisoblanadi. Bu dunyodagi oltinchi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlarida hamda Janubiy Koreyadagi eng baland bino hisoblanadi. Shuningdek bu bino Janubiy Koreyadagi ilk 100 qavatli binodir.

2016-yida bino qurilishi tugagan vaqtda u eng baland binolar ro'yxatida 5-o'rinni egallagan edi, ammo, Xitoyning Shenzen shahridagi Ping An moliya markazi 2017-yil 28-martda ochilganida balandligi bo'yicha Lotte World Tower dan o'tib ketdi hamda uning balandligi 599 m (1,965 ft)ni tashkil etgan. “The Tower” 3 aprelda omma uchun ochiq deb e'lon qilindi va Pusanda joylashgan Hundai LCT Sharp mamlakatdagi ikkinchi eng baland bino sifatida tanildi. 

"Sky Bridge Tour" Lotte World Towerning tomida 541 m (1,775 ft) da joylashgan bo'lib bu Qo'shma Shtatlardagi eng baland bino bo'lgan One World Trade Centerning umumiy balandligi teng.

Tarix



13 yillik rejalashtirish va qurulish maydonidagi tayyorgarliklardan so'ng, minora 2010-yilning noyabr oyida hukumat tomonidan qurilishni boshlash uchun yakuniy ruxsatni oldi va 2012-yilning mart oyida qurilish maydonida qoziq va ramalar yig'ish bo'yicha birinchi poydevor qo'yish ishlari olib borildi.

2015-yilning 31 dekabrda LED-piksellari mavjud yangi oynalar "2016" raqamini ko'rsatdi.

2017-yilning 3-aprelida Lotte minorasining rasmiy ochilish marosimini nishonlash uchun mushakbozlik uyushtirildi.

2018-yilning 1-yanvarida Lotte tower Yangi yil bayrami hamda 2018-yilgi Pxyonchxan qishki Olimpiada o‘yinlarini nishonlash uchun yetti daqiqa davomida LED lazer shousi bilan mushaklar otildi.

Dizayn



2016-yilning 17-martida tashqi ko'rinishining yakuniy bosqichidan oldin Diagrid chiroq shaklidagi tomning yakuniy o'zgartirishlari tugallandi. Binoning tomi 12 m (39 ft) va har biri 20 tonnalik metal konstruksiyalardan qurilgan bo'lib metal kostruksiyali panellarning qalinligi 6 cm (2.4 in)ni tashkil qiladi. Bino tomining balandiligini o'zi 120 m (390 ft) bo'lib, 107–123 qavatlarni o'z ichiga oladi. Tomni qurilishida taxminan 3000 tonna po'lat qismlar, yuqori aniqlikdagi 64 tonnalik minora krani va GPS moslashtirish tizimlari, shuningdek, payvandlash bo'yicha mutaxassislar ishlatilgan.

Binoning tomi muhandislar tomonidan o'z og'irligiga troslarsiz ham bardosh beradigan, Rixter shkalasi bo'yicha 9 ballgacha bo'lgan zilzilalarga va 80 m/s (260 ft/s) shamollarga bardosh beradigan tarzda qilib ishlab chiqilgan.

Och rangga ega bo'lgan oynaning tashqi ko'rinishi koreys keramikasidan ilhomlangan va metall filigraning ko'rinishiga ega.

Qavat rejalari



Seul Sky (kuzatish nuqtasi) yuqoridagi 7 qavatni egallagan. 117–118-qavatlar kirish va kuzatish qavatlari bo'lib, u yerda shisha pol va 118-qavarda Sky show (osmon shousi) mavjud. Sky Friends kafesi va osmono'par terassa 119–120-qavatlarda joylashgan. Seul Sky kafesi va suvenirlar do‘koni 121–122-qavatlarda bo'lib, premium-bar 123-qavatda 499 m (1,637 ft) balandlikda joylashgan.

Observatoriyaga kirish uchun haq to'lanadi. Seoul Sky chiroq shousi qurib tugatilgan vaqtda eng baland oynali observatoriya bo'lgan. Minora va One World Trade Center ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomasi mavjud.

Baxtsiz hodisalar



Xavfsizlik masalalari



2013-2014-yillarda minora qurilishi chog‘ida uch nafar qurilish ishchisi halok bo‘lgan va Lotte qurilish bo‘limining ijrochi direktori 2016-yilda ob’ektdagi xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirgani uchun shartli ravishda sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2014-yil dekabr oyida Seul shahar hukumati minora qurib bitkazilmasdan oldin ochilgan minora poydevoridagi savdo markazi va kinoteatr majmuasini ichki akvariumdan suv sizib chiqqani aniqlanganidan keyin besh oyga yopishni buyurdi. Mustaqil muhandislar guruhi olib borgan izlanishlarga ko'ra, yuzaga kelgan muammolarni binoning asosiy tuzulmasi bilan bog'liqliklari bo'lgan shundan so'ng tuzatish ishlari olib borilgan hamda kinoteatr va savdo markazi 2015-yilda qaytdan ishga tushirilgan.

Noqonuniy kirish va tirmashish holatlari



2016-yilda ukrainalik ikki erkak noqonuniy ravishda qurilayotgan Lotte World Tower minorasi zinapoyasi orqali ko‘tarilishadi va ulardan biri qurilish kraniga tirmashib chiqadi. Tirmashib chiqish ortidan Lotte World Tower ikkalasining suratlari tushirilgan plakatlarni chiqardi va ularni binoga kirishi taqiqlandi.

2023-yilning 12-iyunida 24 yoshli britaniyalik erkak yerdan arqonsiz minoraga noqonuniy ravishda ko‘tarildi. Bino xavfsizlik xizmati uni 192 m (630 ft) binoning 42-qavatida aniqlashdi va erdan ertalab soat 7:50da ko'tarila boshlagan. U 72-qavatda tanaffus qilayotganda vaqtda politsiya 313 m (1,027 ft) balandlikda uni to'xtatdi. Hibsga olinganidan keyin u ko'tarilishni olti oy davomida rejalashtirganini aytdi.Andoza:Skyscrapers in Seoul

Shuningdek




Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz