Lotin Amerikasi davlatlari
Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta’sir koʻrsatdi. Buning sababi — urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga boʻlgan talabning yanada oshib ketganligida edi. Talabning oshishi, tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham koʻtarib yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoati ham tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bu esa, oʻz navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishiga olib keldi. Ikkinchidan, urush G'arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi mavqeini pasaytirib yubordi. Bu esa, oʻz navbatida, mintaqada AQSH ta’sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH monopoliyalari ta’siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu — boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar koʻp edi. Mintaqada AQSH ning harbiy-siyosiy mavqei ham kuchayib bordi. Urush yillarida AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz baza (qarorgohlar) tashkil etishga erishdi. Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil mazmundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi.
Taraqqiyot yo'llarining tanlanishi
Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yoʻli xususida uch katta siyosiy guruh oʻrtasida shiddatli kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo'llari tarafdorlari oʻrtasidagi kurash edi. Konservatorlik yoʻli mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar yoʻli edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday o'zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi boʻlib keldi. Biroq ikkinchi jahon urushidan soʻng latifundiyachilikning qulashi muqarrar boʻlib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o'tkazishga majbur boʻlganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «oʻzgarish» yuz berganligi sabab boʻldi.
Demografik o'zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi. Natijada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga koʻchdi. Lotin Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yoʻli turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yoʻlini tanladi.
Milliy islohotchilik
Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yoʻlida birlashishga da'vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.
Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi.
Peronizm keyinchilik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D. Peron 1943-yilning 4-iyunida o'tkazilgan davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. U argentinaliklami qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yoʻlida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta'kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida oʻzlarining himoyachisi va homiysini koʻrdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi boʻldi.
1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o'tkazilgan saylovda gʻalaba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq toʻlanadigan ta'til joriy etildi. Fuqarolaming ijtimoiy huquqlari
1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yoiini qoiladi. Temir yoi, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag'batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning oʻzida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmogʻini yaratish siyosati yuritildi.
Biroq 50-yillarning o'rtalariga kelib vaziyat o'zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy oʻsish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag1 yoʻq edi. Valuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qoʻyilgan edi.
Taraqqiyotning inqilobiy yoʻli
Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yoʻli bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida boʻlganlar.
Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qoʻzgʻoloni gʻalaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni agʻdarish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U oʻz oldiga Kubani AQSFI ga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qoʻydi.
AQSH oʻz navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qoʻlladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yoiini tanladi.
Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik gʻoyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990- yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qoʻllamay qoʻydi. Kuba iqtisodiy ogʻir ahvolga tushib qoldi.
Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukumatini tashvishga solib qoʻydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan oʻz siyosatida oʻzgarish qilishga majbur boʻldi.
1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yoʻlidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga moʻijallangan boʻlib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtirilishi, agrar islohot oʻtkazilishi, uy-joy qurilishi, sogʻliqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd. dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi koʻzda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.
1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qoʻshma korxonalar qurilishi rag'batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada boʻlishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar.
Braziliya va Argentina oʻrtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan qaradilar. 1992— 1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika oʻrtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam boʻldi.
Lotin Amerikasining ba'zi davlatlari ham bu shartnomaga qoʻshilishga intilmoqda.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org