Lothar Matthaus




Lothar Herbert Matthaus (nemischa: Lothar Herbert Matthäus)—nemis futbolchisi,himoyachisi va yarim himoyachisi.U Germaniya terma jamoasida oʻynagan, terma jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (150).1990-yilda u oʻz milliy jamoasini 1990-yilgi Jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng Germaniya va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi boʻldi.Oradan bir yil oʻtib u jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullanadi.Hozirda Germaniyaning Sky Sport telekanalida ekspert boʻlib ishlaydi.

Lothar Matthaus 5 ta jahon chempionatlarida qatnashgan(1982,1986,1990,1994,1998) Antonio Karbaxal,Janluiji Buffon va Rafael Markes bilan birga toʻrt nafar futbolchidan biri.U jahon chempionatining final qismida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi (25 ta o‘yin).

Faoliyati



Futbolchi sifatida



Matthaus 1961-yil 21-mart Bavariyaning Erlangen shahrida tugʻilgan.Faoliyatining boshida u libero pozitsiyasiga oʻtishdan oldin yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
U beshta jahon chempionatida (1982,1986,1990,1994,1998) qatnashgan boshqa futbolchilardan koʻra jahon chempionatlarining final qismida koʻproq oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (25 oʻyin).U milliy terma jamoa safida 150 ta o‘yin o‘tkazgan.U 1980-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.Shuningdek 1984,1988 va 2000-yilgi chempionatlarda qatnashdi.Yevropa chempionatlarining final qismidagi oʻyinlarning birinchi va oxirgi ishtiroki orasida 20 yil vaqt oʻtgan tarixdagi yagona futbolchi boʻldi.Matthaus Pele tomonidan tuzilgan FIFA 100 125 ta eng zoʻr futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

Uning professional faoliyati 1979-yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" klubida boshlangan va u 1984-yilgacha oʻynagan.Matteus shuningdek "Bavariya" (1984-1988 va 1992-2000), " Inter " (1988-1992) (1989-yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan) va 2000-yilda „MetroStars“da o‘ynagan.

Murabbiy sifatida



2010-yil 21-sentyabrda Bolgariya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma „1+2“ sxemasi boʻyicha imzolandi.2011-yil 19-sentyabrda u ketma-ket ikkita 1:6 hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng isteʼfoga chiqarildi.

Shahsiy hayot



Matthaus besh marta turmush qurgan va ulardan toʻrt farzandi bor: qizlari Elis (1986-yilda tugʻilgan) va Viola (1988-yilda tugʻilgan) va oʻgʻillari Loris (1992-yilda tugʻilgan) va Milan (2014-yilda tugʻilgan).Hozirda goh Germaniyada goh Vengriyada yashaydi.

Yutuqlari



Futbolchi sifatida



" Bavariya "

"Inter"

Germaniya terma jamoasi

Murabbiy sifatida



"Partizan"

Shaxsiy mukofotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz