Lot




Lot (gollandcha lood) — dengiz, koʻl, daryolarning chuqurligini kema bortidan turib oʻlchaydigan asbob. Dastlabki (50 m gacha chuqurlikni oʻlchash uchun), mexanik (200 m gacha) va gidroakustik (k,. Exolot) xillari bor. Dastlabki L. metr yoki futlarga boʻlingan poʻlat ar-qonga bogʻlangan toshlardan iborat. Mexanik L. suvga choʻktiriladigan pastki uchi ochiq chuqurlik oʻlchagich turubkadan iborat; gidrostatik bosim oʻlchanadi. Exolotning ishlash tarzi asbobdan tubgacha borgan va undan kaytgan tovush signallarining oʻtish vaqtini oʻlchashga asoslangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz