Lorraine McNamara
Lorraine McNamara (talaffuzi: Lorreyn Maknamara; 1999-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Quinn Carpenter bilan birga 2018-yilgi Xelsinkida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasining bronza medali sovrindori, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarining uch karra kumush medali sohibi va 2019-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan. Juftlik oʻz faoliyatining boshida 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati
McNamara 2005-yilda Quinn Carpenter bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2012 — 2013-yilgi mavsum
McNamara / Carpenter juftligi oʻsmirlar toifasidagi xalqaro musobaqalar uchun mos tushgan. 2012-yil avgust oyida ular Fransiyaning Kurchevel shahrida oʻtkazilgan oʻzlarining ilk Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik keyingi oyda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ikkinchi JGP bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, MakNamara / Carpenter juftligi Milanda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayinlangan.
2013 — 2014-yilgi mavsum
McNamara / Carpenter 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida birinchi xalqaro medallarini qoʻlga kiritgan (Riga (Latviya)da kumush, Minskda (Belarus) oltin medal). Ushbu natijala juftlikka Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtadigan finalga yoʻllanmani bergan va ular finalda ishtriok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014-yilda AQSh chempionatida ishtirok etib, o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqsda uchinchi, erkin raqsda beshinchi o‘rinni egallagan holda umumiy natija bilan chempionatda to‘rtinchi o‘rindan joy olgan.
Dasturlari
Carpenter bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Carpenter bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org