Lorisimon to‘tiqushlar




Lorisimon toʻtiqushlar (Lorinae), qiltilli toʻtiqushlar — toʻtilar turkumining kenja oilasi. 60 ga yaqin turi maʼlum. Eng yirigi kaptardek keladi. Patlari har xil rangli. Tilining uchida gul nektarini soʻrishga moslashgan ingichka oʻsimtasi boʻladi. Avstraliya, Polineziya, Yangi Gvineya, Molukka va Kichik Zond orollarida tarqalgan. Daraxt kovagiga uya quradi. Oʻrmonda yashaydi. Asosan, gul nektari bilan oziqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz