Loreta Kullashi




Loreta Kullashi (1999-yil 20-mayda tugʻilgan) - shved futbolchisi, Damalsvenskandagi Shvetsiyaning Rosengård klubi va Shvetsiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi karyerasi



Kullashi Finlandiyaning Xelsinki shahrida kosovar -alban oilasida tugʻilgan. U besh yoshida Finlandiyadan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan va Halmstadda oʻsgan. U Snöstorp Nyhem FFning yoshlar jamoasida futbol oʻynashni boshladi va 2011-yil yozida AIKga koʻchib oʻtdi. U 15 yoshida AIK uchun debyutini 2015-yil 29-mart kuni Umeå IKda Svenska Kupen chorak finalida oʻtkazdi.

U 2015-yilgi Damallsvenskanda quyi ligaga tushib ketgan AIK uchun oltita oʻyinda maydonga tushdi, keyingi mavsumda asosiy oʻyinchiga aylandi. 2016-yilda u Elitettan safida 20 ta oʻyinda 15 ta va barcha musobaqalarda 23 ta oʻyinda 20 ta gol urdi. 2017-yil yanvar oyida u Angliyaning FA WSL klubi hisoblanmish Manchester Cityga sinov tariqasida qoʻshildi, ammo oxir-oqibat 2017-yilgi mavsum uchun AIK bilan qayta shartnoma imzoladi. 2017-yil iyul oyida u Damalsvenskan klubi Eskilstuna Unitedga oʻtdi.

Eskilstuna United safidagi debyut uchrashuvida Kullashi IF Limhamn Bunkeflo ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita gol urdi. Uni jamoadoshi Oliviya Schough va uning yangi murabbiyi dribling qobiliyati uchun uni maqtagan.

Xalqaro karyera



Kulashi 2016-yilda Papua-Yangi Gvineyada boʻlib oʻtadigan FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasiga kiritilgan eng yosh futbolchi edi.

2018-yilning yanvar oyida 18 yoshli Kullashi Shvetsiya terma jamoasida ilk debyutini oʻtkazdi va Janubiy Afrika ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, ikkita gol urdi.

Xalqaro maydondagi gollar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz