Lorenzo Pellegrini
Lorenzo Pellegrini (1996-yil 19-iyunda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, yarim himoyachi va Serie A Roma klubi sardori. U Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Pellegrini „Roma“ akademiyasining tarbiyalanuvchisi, 2007-yilda klubga kelib qoʻshilgan va 2015-yilda oʻzining debyutini oʻtkazgan. U oʻsha yilning oxirida „Sassuolo“ga transfer qilindi va barcha musobaqalarda 50 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.
Klublardagi tarjimasi
Roma
Lorenzo Pellegrini Rimda tugʻilgan va „Roma“ jamoasi yoshlar akademiyasiga oʻynagan. U 18 yoshida 2015-yil 22-mart kuni murabbiy Rudi Garsiya qoʻl ostida oʻzining debyutini oʻtkazadi.
Sassuolo
2015-yilning 30-iyunida Pellegrini A Seriya vakili Sassuolo safiga 1,25 million yevro evaziga qoʻshiladi. Transfer kelishuviga koʻra, „Roma“ qaytarib sotib olish bandi bilan Pellegrinini Sassuolo ga qoʻyib yuborgan.
Romaga qaytishi
2017-yilning 30-iyunida „Roma“ Pellegrinining „Sassuolo“ bilan transfer shartnomasiga kiritilgan 10 million yevrolik qaytarib sotib olish to‘lovini amalga oshirib, uni 5 yillik shartnoma asosida Rimga qaytardi. Pellegrini 2017-yilning 1-dekabrida klub uchun o‘zining ilk golini urdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Pellegrini Italiya turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. U 2014- yilning mart oyida Germaniyaga qarshi U19 terma jamoasida debyut qilgan U 2015-yilda U20 bilan qisqa vaqt oʻynadi va keyingi yilning 2 iyunida Fransiyaga qarshi U21 tarkibida debyut qildi.
U 2017-yil 31-may kuni norasmiy o‘rtoqlik o‘yinida San-Marino ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda maydonga tushgan. Uning rasmiy debyuti 11-iyun kuni JCh-2018 saralashida Italiyaning Lixtenshteyn ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida edi.
2021-yilning iyun oyida u bosh murabbiy Roberto Manchini tomonidan Italiya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun terma jamoasiga jalb etildi. Biroq jarohati uni final turnirida ishtirok eta olmasligiga sabab boʻldi va uning oʻrniga Gaetano Kastrovilli chaqirildi.
Shaxsiy hayot
Pellegrini Veronika Martinelli bilan turmush qurgan. Ularning ikkita farzandi bor.
Yutuqlari
Roma Italiya Shaxsiy sovrinlari Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org