Lorenzo Melgarejo
Lorenzo Antonio Melgarejo Sanabria Sanabriya (talaffuzi: Lorenso Antonio Melgarexo Sanabriya; 1990-yil 10-avgustda paragvayda tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Libertad“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasining himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Lorenzo Melgarejo professional futbolchilik faoliyatini 19 yoshida „12 de Octubre“ futbol klubida boshlagan. Birinchi mavsumda u klub safida 19 ta oʻyin oʻtkazib, 7 marta raqib darvozasiga zarba yoʻllagan.
2010-yil boshida u „Olimpia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 31-yanvar kuni „Rubio Ñú“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lorenzo Melgarejo yangi klubida debyut qilgan. 7-fevral kuni Lorenzo Melgarejo „Olimpia“ futbol klubi safidagi ilk golini „Tacuary“ futbol klubiga qarshi bahsda urgan.
Oʻsha yilning yozida Lorenzo Melgarejo Lissabonning „Benfica“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 700 ming yevroni tashkil qilgan. Lorenzo Melgarejo oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun „Paços de Ferreira“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 21-avgust kuni „Unian Leria“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Melgarejo oʻzining ilk golini „Paços de Ferreira“ darvozasiga kiritgan. 2012-yilning yozida Lorenzo Melgarejo „Benfica“ futbol klubiga qaytgan. 18-avgust kuni „Braga“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati
2009-yilda Paragvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Lorenzo Melgarejo Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
2012-yilning 15-noyabrida Lorenzo Melgarejo Paragvay terma jamoasida Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan hamda ikkinchi bo‘limda Migel Zamudio o‘rniga maydonga tushgan.
2013-yil 14-avgustda Kayzerslauternda Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:3) Migel Zamudioni almashtirgan. Shundan soʻng u besh yil davomida terma jamoaga chaqirilmagan. Biroq, 2018-yil 24- sentyabrda futbolchi Rossiyada oʻynagan 5 yillik faoliyati davomida birinchi marta Paragvay terma jamoasiga tarkibiga olingan.
2019-yilning 14-noyabrida u Bolgariya terma jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan. Bu uning 6 yildan so‘ng ilk bor terma jamoa safida ishtirok etgan oʻyini hisoblangan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org