Loren Sofiya




Sophia Loren  (20-sentyabr 1934-yilda tugʻilgan) italyan film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan. 1949-yil „Goʻzallar tanlovi“da qatnashib, shu yildan filmlarda suratga tusha boshlagan. „Neapol oltinlari“, „Daryodan kelgan ayol“ filmlari unga katta shuhrat keltirgan. „Chochara“ filmidagi Chezira roli uchun „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻlgan. „Italyancha nikoh“, „Kecha, bugun, ertaga“, „Bakkacho, 70“, „Kungaboqar“, „Gʻaroyib kun“, „Rim imperiyasining qulashi“, „Lamanchli kishi“ kabi filmlar Loren ijodida alohida oʻrin tutadi. 1990-yil „Shanba, yakshanba, dushanba“ filmida bosh rolni oʻynadi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz