Loran Moiz Shvarts




Laurent-Moïse Schwartz (talaffuzi: Loran Moiz Shvarts) (5-mart 1915-yil – 4-iyul 2002-yil) – fransiyalik matematik. Schwartz umumiy funksiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Olim 1950-yilda ushbu sohaga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Schwartz uzoq yillar davomida Parisdagi Oliy normal maktabda dars bergan.

Schwartz 1934-yil Oliy normal maktabga oʻqishga kirgan. 1937-yil armiyaga chaqirilgan. Fashistlar okkupatsiyasi davomida yahudiy boʻlgani uchun qalbaki hujjatlar bilan jon saqlagan. 1943-yil Strasbourg shahrida dissertatsiyasini yoqlagan. Urushdan keyin Politexnika maktabida ishlagan.

Schwartz soʻl qanot siyosiy qarashlarga ega boʻlgan. Boshida oʻzini trotskist deb hisoblagan, keyinchalik oʻzini demokratik sotsialist deb taʼriflagan. AQSh va Fransiyaning Vyetnam urushiga aralashuviga qarshi chiqqan. Shuningdek, Fransiyaning Jazoir urushiga, SSRRning Afgʻon urushiga aralashuvini qoralagan.

Manbalar




Havolalar



[1] Laurent Schwartz Britannica.com saytida

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz