Loral O'Hara
Loral O'Hara (talaffuzi: Lo'rel O'hara 1983-yil 3-mayda tug'ilgan) - amerikalik muhandis va NASA astronavti.
Erta hayot va ta'lim
Loral Eshli O'Hara 1983-yil 3-mayda Xyustonda (Texas ) Sindi va Stiv O'Hara oilasida tug'ilgan. U Texasning Sugar Land shahrida o'sgan. Loral Klements o'rta maktabida o'qigan. U 2005-yilda Kanzas universitetida aerokosmik muhandislik fanlari bakalavri va 2009-yilda Purdue universitetida aeronavtika va astronavtika fanlari magistri darajasini oldi. O'Xara talaba bo'lganida KC-135 parvozi dasturida qatnashgan.
Muhandislik faoliyati
O'Hara Oklaxoma shtatidagi Rocketplane Limited kompaniyasida ishlagan. 2009-yilda O'Xara Woods Hole Okeanografiya Institutida ishlay boshladi. U DSV Alvin suv osti kemasini modernizatsiya qilishda qatnashgan va Jeyson kampaniyasi uchun muhandis bo'lib ishlagan.
NASA faoliyati
O'Hara ilgari Goddard kosmik parvozlar markazidagi NASA akademiyasida qatnashgan va Jet Propulsion Laboratory'da amaliyot o'tagan. 2017-yil iyun oyida u astronavt nomzodi sifatida tanlandi va avgust oyida mashg'ulotlarni boshladi. 2020-yil 10-yanvarda O'Xara NASA astronavt nomzodlik dasturini tugatdi va koinotga parvoz qilish huquqiga ega bo'ldi.
2022-yil 15-iyulda NASA Loralni “Soyuz MS-23” bortida uchishini eʼlon qildi.
Shaxsiy hayot
O'Hara xususiy uchuvchi, sertifikatlangan tez tibbiy yordam bo'yicha mutaxassis va cho'lda birinchi yordam ko'rsatuvchi hisoblanadi. U sayohat qilishni, suvga sho'ng'ishni, uchishni, chang'i uchishni, piyoda sayr qilishni, g'or qazishni, kitob o'qishni va rasm chizishni yaxshi ko'radi.
Mukofot va unvonlar
2008-yilda O'Hara Milliy Fan Jamg'armasi Bitiruvchi tadqiqot stipendiyasiga sazovor bo'ldi. 2015-yilda u TEDx New Bedford ko‘rgazmasiga ma’ruzachi sifatida taklif etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org