Lopo do Nascimento




Lopo Fortunato Ferreira do Nascimento 1942-yil 10-iyulda tugʻilgan Angolalik sobiq siyosatchi. U 1975-yil 11-noyabrdan 1978-yil 9-dekabrgacha Angola Bosh Vaziri boʻlgan va Angolani ozod qilish xalq harakati (MPLA) bosh kotibi boʻlib faoliyat yuritgan.

U 19 yoshida qamoqqa olinadi, ammo Angolaning Cuanza Norte viloyatiga koʻchib ketish majburiyati bilan ozod etiladi. Shunga qaramay, u yer osti janglariga qatnashishda davom etadi va 1963-yilda yana hibsga olinadi. Bu safar u sud jarayoniga qatnashadi va jazoga hukm etiladi. Lopo olti yil davomida Portugaliya maʼmuriyati qoʻl ostidagi Luanda fuqarolar qamoqxonasida saqlanadi va u erda qiynoqqa solinadi. Soʻroqlar paytida baʼzan u uch-besh kunlab uyqusiz hamda doimo oyoqda turadi; bir necha kundan keyin hatto Lopo oyoqlarining deyarli mador qolmaganini va ular soʻroq qilishda davom etishayotganini aytadi. Lekin u hech nima haqida gapirmaydi. 1969-yil yanvarda u qamoqdan chiqadi va Nocal pivo zavodiga ishga kiradi. 1973-yilning oxirida esa u Lissabon orqali Algeriaga boradi. MPLAning juda koʻplab muammolari boʻlgani sababli (ayniqsa Daniel Chipenda Sharqiy qoʻzgʻoloni bilan) Lopo Angolani tark etishga majbur boʻladi, ammo hukumat uni rahbarlikni oʻz qoʻliga olishni soʻraydi.

Lopo Nascimento keyinchalik Hududiy maʼmuriyat vaziri boʻlgan; ushbu lavozimdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, 1992-yil 9-aprelda uning oʻrniga Paulo Kassoma tayinlangan. 1993-yilda partiya Markaziy Qoʻmitasi tomonidan MPLA Bosh kotibi etib saylangan.

U 2008-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan qonunchilik saylovlarida MPLA milliy roʻyxatidagi 66-nomzod boʻlgan. Lekin u oʻsha saylovda gʻolib boʻladi hamda MPLA Milliy Kengashda koʻpchilik tomonidan qo''lab-quvvatlanadi.

2013-yil 27-yanvarda u siyosatdan ketishini eʼlon qildi. 2021-yil 10-fevralda Covid-19 kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizildi, ammo oxirida uni yengib oʻtdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz