Looney Tunes: Back in Action
Looney Tunes: Back in Action 2003-yili ekranlarga chiqarilgan komedik janrdagi jonli harakatli/animatsion filmdir. Warner Bros. Feature Animation, Baltimore Spring Creek Productions va Goldmann Pictures studiyalari mahsuloti hamda Warner Bros. Pictures kompaniyasi tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Looney Tunes multseriali qahramonlariga asoslangan. Film rejissori — Joe Dante, ssenariyni esa Larry Doyle yozgan.
Space Jam (1996) filmi muvaffaqiyatidan soʻng, Looney Tunes: Back in Actionni suratga olish gʻoyasi tugʻilib, dastlab film nomi Spy Jam (tarjimasi „Josus Jam“) boʻlishi reja qilingan.
Film premyerasi AQShda 2003-yil 14-noyabrda boʻldi. Film $80 millionlik xarajati bilan umumjahon boʻylab $68.5 million daromad qildi va buning ortidan zarar koʻrdi.
Film katta ekranlarga chiqarilganidan bir yil oʻtib, filmda bastakor sifatida qatnashgan Jerry Goldsmith vafot etdi. Shuningdek, ushbu film Warner Bros. Feature Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan oxirgi film boʻldi.
Mazmuni
Rollarda
Ovoz berganlar
Musiqasi
Jerry Goldsmith tomonidan film uchun bastalangan taronalar:
Filmda baʼzi qoʻshiqlar ham yangraydi:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org