Looney Tunes




Looney Tunes (talaffuzi: Lyuni Tyunz) Amerika multiplikatsiyasining oltin davrida, Warner Bros. studiyasi tomonidan 1930- va 1969-yillar oraligʻida ishlab chiqarilgan komedik janrdagi qisqa hajmli animatsion filmlardir.

Looney Tunes (va Merrie Melodies) dastlab 1930- va 1933-yillar oraligʻida Leon Schlesinger hamda animatorlar — Hugh Harman va Rudolf Ising tomonidan ishlab chiqarilgan. Schlesinger 1933-yildan to 1944-yildaga qadar, oʻz studiyasini Warner Bros. shirkatiga sotgunga qadar toʻliq ishlab chiqarishni oʻz gardaniga oldi. Multfilmning Looney Tunes deb nomlanishi Walt Disneyning Silly Symphonies animatsion myuziklidan ilhomlangan tarzda vujudga kelgan.

Looney Tunes personajlaridan biri boʻlmish Bugs Bunny 1940-yillar boshlariga kelib, Merrie Melodies va Looney Tunes sirasiga kiruvchi filmlar yulduziga aylanganidan soʻng, oq-qorada ishlangan bu qisqa hajmli multfilmlar rangli tarzda ishlab chiqarila boshladi (Merrie Melodies 1934-yildan beri rangli boʻlib kelgan). 1942-yildan 1964-yilga qadar. Looney Tunes va Merrie Melodies kinoteatrlarda eng mashhur qisqa metrajli animatsion filmlar boʻlgan.

Looney Tunes haqida bir nechta teleseriallar, toʻliq hajmli filmlar, komikslar, musiqiy albomlar va videooʻyinlar yaratilib, umumjahon boʻylab media-franshizaga aylandi. Multfilm qahramonlarining koʻp qismi turli teleshoular, filmlar va reklama roliklarida kameo (epizod) rollarda koʻrinish berishda davom etishmoqda. Looney Tunesning eng mashhur personaji boʻlgan Bugs Bunny madaniy timsol (ikona) oʻlaroq qabul qilindi hamda Hollywood shon-sharaf xiyobonida yulduzga egadir. Koʻpgina Looney Tunes / Merrie Melodies sirasiga kiruvchi filmlar barcha zamonlarning eng zoʻr multfilmlari qatoriga kiritilgan (masalan, „ov trilogiyasi“ (Rabbit Fire, Rabbit Seasoning va Duck! Rabbit, Duck!), Duck Amuck, One Froggy Evening va Whatʼs Opera, Doc?) hamda beshtasi (Tweetie Pie, Speedy Gonzales, Birds Anonymous, Knighty Knight Bugs va For Scent-imental Reasons) Oscar (Akademiya) mukofotlarining tegishli nominatsiyalarida gʻolib chiqqan.

Aloqador media



Teleseriallar



*  — qisqa hajmli film

Maxsus ishlangan qismlar




Toʻplam filmlar




Toʻliq hajmli filmlar




Direct-to-video




Komikslar



Dell Publishing

Gold Key Comics/Whitman

DC Comics

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz