Lonjeron




Lonjeron (frans. longeron, longer — boʻylama yurish) — muhandislik inshootlari, uchish va harakatlanish qurilmalari (koʻpriklar, samolyotlar, avtomobillar, vagonlar, kemalar va boshqalar) ning asosiy kuch tushadigan qismi. Konstruksiyasining uzunligi boʻyicha (boʻylamasiga) joylashadi. Masalan, uchish apparatida — samolyot qanoti, fyuzelyajidagi va vertolyotning koʻtaruvchi vinti parragidagi L. (koʻndalang toʻsin) konstruksiyaga mustahkamlik, bikrlik beradi; avtomobilda — L. avtomobil ramalarining boʻylama toʻsini; unga dvigatel, yurish qismi, kuzov, bamper (bufer) lar va boshqa mahkamlanadi. L. tavrsimon, qutisimon, shvellersimon va quvursimon kesimli boʻladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz