London ePrix




London ePrix bu bir oʻrindiqli, elektr quvvati bilan ishlaydigan avtomobillar oʻrtasida oʻtkaziladigan Formula E chempionatining yillik asosiy poygalaridan biri hisoblanib, Londonda (Buyuk Britaniya) oʻtkaziladi. London ePrix birinchi marta 2014-15 yilgi mavsumda oʻtkazilishi eʼlon qilingan. 2019-20 mavsum uchun oʻtkazilishi belgilangan poygalar COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qiliningach, ExCeL London atrofidagi (va orqali) avtodromdan yangi avtodromga qaytishi kerak edi.. Yangi joyda oʻtkazilishi kerak boʻlgan poygalar ham oxir-oqibat keyingi mavsumda boʻlib oʻtdi.

Battersea Park avtodromi



London ePrix-ning dastlabki ikki mavsumi Angliyaning London shahridagi Battersi bogʻidagi vaqtinchalik Battersi Park Street avtodromida boʻlib oʻtdi. Trassaning uzunligi 2,922 km va 17 burilishdan iborat edi. Trassa „Formula E“ning Londondagi tashkilotchi aʼzolaridan biri va shu jamoaning [britaniya]]lik arxitektori Simon Gibbons tomonidan ishlab chiqilgan.

Qirolicha Viktoriya Dock/ExCeL



2019-20 yilgi mavsumda London ePrix ExCeL London va Qirolicha Viktoriya Dock atrofida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. 23 burilishdan iborat 2.252 km (1.399 milya) sxemasi Formula Ening birinchi „ichki/tashqi“ maydoniga aylandi.

Biroq, [COVID-19 pandemiyasi]] tufayli taqvim bekor qilingan. London ePrix nihoyat 2020-21 yilgi mavsumda qayta tiklandi, bu safar ikki marta oʻtkaziladigan poga sifatida qaytdi. Mavsum davomida ikki marta poygalar tashkil etildi va ushbu musobaqaning asosiy poygalaridan biriga aylandi.

2022-yil London ePrix oldidan aylanma uzunligi 2,141 km (1,330 milya) ga qisqardi.

Natijalar




Eng koʻp gʻalabaga erishgan avtopoygachilar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz