Lomon




Park Solomon (koreyscha: 박솔로몬; 1999-yil 11-noyabrda tug‘ilgan), shuningdek, Lomon (koreyscha: 로몬) taxallusi bilan ham tanilgan asli Oʻzbekistonda tugʻilgan, hozirgi kunda Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi aktyor. 2014-yilda Lomon Sweet Revenge (2017) filmida debyut qilgan va All of Us Are Dead (2022) filmlaridagi bosh roli bilan tanilgan.

Yoshligi va taʼlimi



Lomon 1999-yil 11-noyabrda O‘zbekistonda tugʻilgan. Ota-onasi Koryo-saram millatiga mansub. Bolaligida Lomon oilasi bilan Rossiyada yashab, keyinchalik Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tgan. Janubiy Koreyada boshlangʻich maktabni tugatgan Lomon Seulning Gangnam tumanida joylashgan Apgujeong oʻrta maktabini tamomlagan.

Intervyuda ismi haqida soʻrashganida shunday javob bergan: „Men hech qaysi dinga e'tiqod qilmayman. Eshitishimcha, otam Bibliyani oʻqgach, mening ilmli va zukko boʻlishimni xohlab, shu ismni qoʻygan“.

Faoliyati



Lomon oʻzining debyutini 2014-yilda ikkita — Bride of the Century va 4 Legendary Witches dramatik seriallarida boshlagan. Keyingi yillarda bir nechta boshqa rollarda ko‘rinish berganidan soʻng Lomon 2017-yilda Sweet Revenge filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlarning eʼtiborini qozongan.

2019-yilda Lomon filmdagi rol uchun mandarin tilini oʻrganib, Lookism xitoy dramasida qahramonni gavdalantiradi.

Lomon ikki yildan soʻng, 2022-yilda Netflixning zombi mavzusidagi All of Us are Dead seriallarida Li Su-hyeok rolini ijro etish bilan ekranga qaytdi. Serialning xalqaro muvaffaqiyatidan so‘ng Lomon bir haftadan kamroq vaqt ichida Instagram ilovasida 2 million obunachiga ega bo‘ldi. Oʻsha yili Park Disney+ telekanalida efirga uzatiluvchi Third Person Revenge serialidagi Shin Ye-eunga bilan birga bosh qahramon rolida suratga tushgan. Film noyabr oyida efirga uzatiladi.

2022-yil 19-yanvarda Lomon "Big Smile Entertainment" kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma imzoladi.

Filmografiyasi



Film




Teleserial




Veb-seriallar




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz