Lolita Milyavskaya
Lolita Markovna Milyavskaya (ukraincha: Лоліта Марківна Мілявська) 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Transkarpat viloyatida dunyoga kelgan. Sovet, ukrain va rus estrada xonandasi, aktrisa, teleboshlovchi, rejissyor va prodyuser. „Birinchi kanal“da efirga uzatiladigan „Lolita“ tok-shousi uchun" tok-shou boshlovchisi" nominatsiyasida"TEFI-2007" milliy televideniya
mukofoti laureati.
1963-1984-yillar: Bolalik va oʻsmirlik yillar
Lolita Gorelik (qizlik familiyasi) 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Zakarpat viloyati, Mukachevo shahrida dunyoga kelgan.
2010-yildan: „Anatomiya“ va „Ranevskaya“
2009-yilda qoʻshiqchi yangi „Stop the Earth“ singlini oʻz ichiga olgan „Zapavshee“ xitlar toʻplamini chiqargan. 2011-yilda u Britaniyaning The X Factor loyihasining ruscha versiyasi boʻlgan Factor A hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.
2012-yil fevral oyida NTV telekanali efirida „Gospoja Prezident“ spektakli boʻlib oʻtgan va Lolita mamlakat Prezidentligiga nomzod sifatida paydo boʻlgan. Oʻsha yili qoʻshiqchi Nikolay Baskov va Andrey Danilko (Verka Serduchka) bilan birga „Rossiya-1“ telekanalida mashhur „Subbotniy vecher“ teledasturining boshlovchisi boʻlgan. 2012-yil 30-avgustda ikkinchi Xalqaro musiqa festivali Crimea Music Festda Lolita ijrochilarning qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan yosh ukrainalik qoʻshiqchi Aleksandr Onofriychukni tanishtirdi.
Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilda Lolita rossiyalik eng boy yigirmata musiqachi qatoridan joy olgan. 2014-yil mart oyida „Anatomiya“ (G. Titov — N. Kasimseva) qoʻshigʻi uchun video premyerasi boʻlib oʻtgan. 2014-yil avgust oyida „Na skoch“ (E. Bardachenko — A. Belyaev) qoʻshigʻi uchun video premyerasi omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yil 17-noyabrda Lolita Milyavskaya „Anatomiya“ albomini chiqardi.
2021-yil 24-fevralda Lolita Agafya Kuperdyagina rolida Yuriy Grimovning „Nikoh“ spektaklida debyut qilgan, teatr premerasi „Zamonaviy“ teatrida tashkil etilgan.
Ijodkor „SOKOLOV“ zargarlik brendining yuzi hisoblanadi.
Shahsiy hayoti
Birinchi turmush oʻrtogʻi (1984-1987) — Aleksandr Belyayev aktyor boʻlgan. U Lolitaning sinfdoshi hisoblanadi.
Ikkinchi eri (1987) — Vitaliy Milyavskiy. Lolitaning soʻzlariga koʻra, nikoh xayoliy uydirma boʻlgan
Uchinchi turmush oʻrtogʻi (1988 −2000) — Aleksandr Tsekalo (1961-yil 22-martda tugʻilgan). U shoumen bilan 1998-yilda unashtirilgan. 2000-yilda Lolita boshqa erkakdan homilador boʻlib qolgan va Alekksandr Tsekalo bilan ham ajrashishiga toʻgʻri kelgan. Shunga qaramay ularning oilaviy munosabatlari 12 yil davom etgan.
Qizi — Yeva Tsekalo 1998-yil 3-noyabrda dunyoga kelgan. U Kiyevda buvisi bilan yashaydi.
Toʻrtinchi eri (2004-2009) — Aleksandr Zarubin (1968-yil 6-mayda tugʻilgan) tadbirkor boʻlgan.
Beshinchi eri (2010-2020) — Dmitriy Ivanov (1975-yil 18-yanvarda tugʻilgan), tennischi, fitnes boʻyicha murabbiy, skvosh boʻyicha murabbiy. Aleksandr Tsekalo bilan ajrashgandan soʻng, u bir necha yil davomida tadbirkor Arnold Spivakovskiy bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Romantika tugaganidan soʻng, biznesmen va qoʻshiqchi doʻst boʻlib qolishgan.
Diskografiya
Studiya albomi
Filmografiya
Kino rollari Televizion rollari ↑ „Замуж — не напасть... Или напасть? О спектакле «Женитьба» театра «Модерн»“ (ru). INC News. 11-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
↑ „Лолита стала лицом кампании Sokolov – в ролике она предложила «послать старое в трейд-ин»“. 12-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
↑ 3,0 3,1 3,2 http://www.peoples.ru/art/music/pop/lolita/interview5.html
↑ „Лолита Милявская: «Хочу, чтобы меня любили одни и ненавидели другие». Королева эпатажа отечественного шоу-бизнеса сегодня отмечает свой день рождения“. // konkurent-krsk.ru (14 ноября 2012 года). 9-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2013-yil.
↑ „Лолита: «Брак с Цекало был чистой формальностью»“. // newsmuz.com (20 июня 2007 года). 7-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2020-yil.
↑ Николай Лещук. „Милявская изменяла Цекало с телевизионным боссом“ (15 мая 2008 года). 9-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2020-yil.
↑ „«Моя правда. Лолита»“ (16 мая 2008 года). 6-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2020-yil.
↑ Дмитрий Скаво. „Мама — Лолите: «Если бы папа был жив, он бы тебя ненавидел!»“. // taini-zvezd.ru (27 апреля 2011 года). 11-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-may 2011-yil.
↑ Р. И. А. Новости. „В Испании пока не выяснили причину смерти бывшего гражданского мужа Лолиты“ (ru). РИА Новости (13 mart). 12-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
↑ „Арнольд Спиваковский: фото, биография, фильмография, новости - Вокруг ТВ.“ (en). Вокруг ТВ. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
uz.wikipedia.org