Loʻlilar tarixi
Loʻlilar tarixi rumiy (va uning turlari) tilida soʻzlashuvchi umumiy hind millatiga mansub etnik guruh tarixi boʻlib, ularning vakillari oʻzlarini loʻlilar diasporasi (Romani diaspora) deb ataydi.
Afsonaviy kelib chiqishi tarixi
Loʻlilarning yozma tili boʻlmagani uchun kelib chiqishini aks ettiruvchi tarixiy hujjatlar yoʻq edi. Ogʻzaki oilaviy anʼanalar yaqin vaqtgacha 10 dan ortiq boʻlmagan ota-bobolari xotirasini saqlab kelgan, ammo bu ularning kelib chiqishi haqidagi bilim manbasi boʻla olmaydi. Bundan tashqari, M. Xyubshmanova soʻzlariga koʻra, loʻlilar oʻz kelib chiqish joyi Hindiston ekanini aniqlay olmagan, chunki Hindistonni u yerda yashovchi xalqlar alohida geografik mintaqa sifatida qabul qilmagan.
Shu munosabat bilan XVIII asr oxirigacha loʻlilarning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar ilgari surilgan. Masalan, ularning kelib chiqishi XIV asrda nemis yahudiylaridan yoki Atlantis aholisidan ekani taxmin qilingan. Eng mashhurlaridan biri (va loʻlilarning oʻzlari tarqatgan afsonalar bilan qoʻllab-quvvatlangan) loʻlilarning Misrdan kelib chiqishi haqidagi nazariya edi. Bundan tashqari, baʼzi mualliflar ularni toʻgʻridan-toʻgʻri qadimgi misrliklardan kelib chiqqan, deb taxmin qilgan. Boshqa mualliflar loʻlilar Hindistondan koʻchish paytida Misr hududi orqali oʻtgan yoki aksincha, Misrdan koʻchish paytida Hindistonga kirib oʻtgan, deb hisoblagan.
Yana bir keng tarqalgan nazariyada loʻlilar Gʻarbiy Osiyodan kelib chiqqani taxmin qilingan, xususan, ular Mesopotamiyadagi Sinjar shahri aholisining avlodlari yoki Gerodot eslatib oʻtgan Siginn qabilasining avlodlari bilan bogʻliq edi, deb yozgan Strabon, soxta Orfey va rodoslik Apolloniy. Mualliflarning muhim qismi loʻlilarni u yoki bu tarzda Vizantiyada tilga olingan Аттингане [аттиганами; Athinganoi] bilan bogʻlab, ularni bevosita loʻlilar deb taʼriflagan yoki nomi faqat atinganlardan loʻlilarga oʻzgarganiga ishongan. Baʼzi mualliflar loʻlilar va atinganlar oʻrtasidagi aloqani rad etgan.
Qizigʻi shundaki, XVIII asrgacha adabiyotlarda loʻlilarning kelib chiqishi hind boʻlgani haqida kamida ikkita eslatma bo‘lgan. Italiyadagi Forli shahrining 1422-yilga oid yilnomasrida (lotincha: aliqui dicebant, quod erant de India — „baʼzilari Hindistondan ekanini aytdi“), deyiladi. Shuningdek, „Dunyo yilnomasi“ deb nomlanuvchi mashhur yahudiy hujjatida Ispaniya qiroli Filipp III 1602-yilda o‘z qirolligida yashagan “barcha qora tanlilar”ni o‘z qadimiy yeri Hindistonga borib yashashi uchun quvib chiqdi, deyilgan. Ammo ikkala eslatma ham, aftidan, quruq taxmin edi va ilmiy asosga ega bo‘lmagan.
Kelib chiqishi
Loʻlilarning ajdodlari kelib chiqishiga ko‘ra hind bo‘lgani XVIII asr oxirida aniqlangan. Ular tarixiy yilnomalar yuritmagan va og‘zaki rivoyatlarida tarixini saqlab qolmagan. Lo‘lilar va ajdodlarining qadimgi tarixi haqidagi farazlarning aksariyati lingvistik tadqiqotlarga asoslangan, so‘nggi o‘n yilliklar davomida ular qatoriga genetik usullar ham qo‘shilgan. Umumiy qabul qilingan nuqtai nazar shundan iboratki, loʻlilar ajdodlari Hindistonning shimoli-gʻarbiy mintaqalaridan (Hindistonning Gujarat, Rajastan va Kashmir kabi zamonaviy shtatlari) kelib chiqqan. Genetik tadqiqotlar maʼlumotlariga koʻra, ular hind-oriy tillarida so‘zlashgan boshqa xalqlardan taxminan milodiy V asr atrofida ajralib chiqqan.
1920-yillarda taniqli hindishunos-lingvist R. L. Tyorner (Ralph Lilley Turner) o‘tkazgan lingvistik tadqiqotlar – ayni tadqiqot natijalarini romolog-lingvistlar Yaron Matras Матрас, Ярон [Я. Матрас; Yaron Matras] Yan Hankok (Ian Hancock) va M. V. Smirnova-Seslavinskaya ham ma’qullagan – ko‘rsatishicha, lo‘lilarning ota-bobolari miloddan oldingi III asrda Hindistonning markaziy hududlarida (milodiy V asrgacha) paydo bo‘lgan va Shimoliy Panjobga koʻchib o‘tgan.
Vizantiyadagi loʻlilar
Vizantiyadagi loʻlilar haqida ilk eslatma 1054-yilga taalluqli va u “Avliyo Georgiy manoqibi”da qayd etilgan. Manbaga koʻra, samariyaliklar-atsinganlar imperator Konstantin Monomaxga yovvoyi hayvonlarni qirib tashlashda yordam bergan. Ular Vizantiyaga Eron va Armaniston hududi orqali kelib qolgan va bu hududlarda qolishi loʻlilar tilida aks etgan. Krit orolida loʻlilar (atsingani) 1322-yildan beri maʼlum. Vizantiyada loʻlilar temirchilik bilan mashhur boʻlgan.
Yevropadagi loʻlilar
Lo‘lilar XIV asrda Bolqon yarim oroli bo‘ylab tarqalgan. Ular 1328-yilda Serbiyada, 1378-yilda esa Bolgariyada paydo boʻlgan. Lo‘lilar to‘dasi 1411-yilda Chexiyada, 1417-yilda Transilvaniyada ko‘zga tashlangan bo‘lsa, 1431-yilda Fransiyaning Turne hududiga borib qolgan va ular Bogemiyadan (lo‘lilar – bohémiens) kelib chiqqan deb hisoblangan. Shu tariqa ular 1500-yilda Shotlandiyaga, 1513-yilda Shvetsiyagacha etib borgan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi hududida 10 million lo‘li istiqomat qiladi.
Amerikadagi loʻlilar
Loʻlilar Amerikada 1539-yildan beri (Karib dengizi orollari) maʼlum boʻlib, u yerga Ispaniya va Portugaliya hududidan borib qolgan. Ularning bir qismi qul savdosida qatnashgan. Loʻlilarning Amerikaga ommaviy koʻchishi faqat XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. XXI asrga kelib, Amerikadagi loʻlilarning umumiy soni 4 million kishiga yetdi, ulardan 1 millioni AQShda yashaydi.
Loʻlilar genotsidi
1935-1945 yillarda Germaniya, fashistlar Germaniyasining ittifoqchi davlatlari va Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) davrida bosib olingan mamlakatlarda loʻli millatiga mansub odamlar genotsid qilindi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, loʻlilar genotsidi qurbonlari soni 200 000 — 1 500 000 kishini boʻlgan. Aziyat chekkanlar soni bundan ham ko‘p.
2012-yil 24-oktyabrda Berlinda fashistlar Germaniyasida genotsid qurboni bo‘lgan lo‘lilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyot
Havolalar
uz.wikipedia.org