Lola Zunnunova




Lola Zunnunova - jurnalist, teleboshlovchi, sanʼatshunos, kinotanqidchi, produser 1984-yil 29-iyunda Termiz shahrida tug'ilgan. U Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan «Kinomaniya» ko'rsatuvi orqali shuhrat qozongan.

Taʼlim



Lola Zunnunova 2005-yilda Toshkent Davlat Sanʼat Institutining «Sanʼatshunoslik» fakultetini imtiyozli tamomlaydi. Shundan soʻng, 2005—2008-yillarda Oʻzbekiston Jahon Tillari Universitetining «Xalqaro Jurnalistika» fakultetida oʻqishni davom ettiradi.

Mukofotlari



Lola Zunnunova 2007-yilda «M&TVA Award» taqdimotining "Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi" nominatsiyasi g'olibi. 2019-yilda esa "Eng ulugʻ, Eng Aziz" Respublika tanlovida gʻolib bo'ladi.

Faoliyati



Lola Zunnunova dastlab 2002-yildan 2007-yilga qadar «O'zbekiston» telekanalida, 2007-yildan 2019-yilga qadar «Yoshlar» telekanalida hamda 2019—2021-yillarda “MilliyTV” telekanallarida faoliyat olib boradi. Faoliyati davomida, Lola Zunnunova “Munavvar tong”, “Kinoafisha”, “Cinema.uz”, “Cinemaniya”, "Kinomaniya", “Yo’l-yo’lakay”, “Qizlar davrasi”, "Dugonalar", “Liboslar jilosi", "Yosh kitobxon", "Yangi kun", “Kinoqahramon” va “Bu kino...” kabi ko'rsatuvlarni efirga taqdim qilgan. 2019-yilning yanvar oyidan boshlab "MilliyTV" kanalida Bosh muharrir lavozimida, 2021-yilning avgust oyida esa kanalning Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz