Lola Yoʻldosheva




Lola Yoʻldosheva (1985-yil 4-sentyabr kuni tugʻilgan) — Lola taxallusi bilan tanilgan oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va aktrisasi. 2004-yilda „Muhabbatim“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Xonanda ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.

Lola 2004-yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. Uning aktrisalik mahorati muxlislar va kino olami tanqidchilari tomonidan yuqori baholandi. 2005-yil olingan „Kelgindi kuyov“ filmidagi roli Lolaga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffayiqatdan keyin Lola bir necha filmda rol oʻynadi.

2005-yil Lola turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. 2011-yil yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi. 2015-yil Lola Rayhon bilan duet ijro etayotib sahnaga „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil koʻylak bilan chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“ tanqidiga uchradi. Buning ortidan 2015-yilning iyulida „Oʻzbeknavo“ Lolaning litsenziyasini toʻxtatdi. 2019-yilning noyabrida Lola Oʻzbekistonda qoʻshiqchi va va musiqachilar faoliyati senzurasi tanqid qilingan „Sevgingni menga ayt“ yakkahon taronasi klipini chiqardi. Lolaning oʻzi rejissyorlik qilgan klip tezda ommalashdi hamda muxlislar va tanqidchilar tomonidan „ijtimoiy protest“ va „inqilobiy“ oʻlaroq baholandi.

Hayoti



Lola Yoʻldosheva 1985-yilning 4-sentyabrida Samarqand shahrida tugʻilgan. Otasi — Ravshanbek Yoʻldoshev, Tarona Records asoschisi. Onasi — Gulnara Yoʻldosheva. Lolaning ikki singlisi (Anora va Asal) hamda ukasi (Rustam) bor. Shuningdek, Shahzodaning oʻgʻli Halid uning oʻgay ukasidir.

2005-yil Lola toshkentlik tadbirkor Shohruhga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandlari bor: Shahinabegim va Shohdiyor. 2011-yil Lola va Shohruh ajrashishdi.

Ijodi



Lola boshida Maya taxallusi bilan asosan rus tilida qoʻshiq kuylagan. 2004-yil „Muhabbatim“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. 2005-yil Lola turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. 2011-yil „Senga“ nomli yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi.

Lola 2004-yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. Film kinoteatrlarda yaxshi natijada koʻrsatdi. Lola saraton kasaliga chalingan qiz rolini yaxshi oʻynagani uchun olqishga sazovor boʻldi. Lolaning „Orzu“ ashulasi film sountrackiga kiritildi.

Lola 2005-yil „Kelgindi kuyov“ filmida oʻynagan roli uchun oʻzbek kino olamida yanada koʻproq shuhrat qozondi. Buning ortidan aktrisa bir necha filmda rol oʻynadi.

2015-yilgi mojaro



Lola 2015-yilning 24-fevralida Rayhon konsertida „Koʻnikmadim“ duetini ijro etish uchun „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil libosda chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“dan ogohlantirish oldi. Ayrim oʻzbeklar qoʻshiq klipini lesbiyankalarni aks etganlikda ayblab, tanqid qildi.

2015-yilning martida „Oʻzbeknavo“ ayol qoʻshiqchilarning yelkasi yoki soni ochiq kiyimlar kiyishini, ommaviy tadbirlarda „yarim-yalangʻoch“ chiqishini hamda sahnada ortiqcha seksual elementlarni koʻrsatishini man qildi. Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova „Ayrim xonandalarimizning turli ajnabiy va milliylikka yot liboslarni kiyishlari, yoshlarning tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan sayoz qoʻshiq matnlari, qoʻpol, behayo va beandisha harakatlar aks ettirilgan kliplarning oila davrasida koʻriladigan ekranlarga uzatilayotganini nima bilan izohlash mumkin?“, deya ta'kidlagan. Bositxonovaning bu sharhi ortidan 2015-yilning 14-iyulida „Oʻzbeknavo“ Lolaning litsenziyasini toʻxtatdi.

2019-yilgi senzura klipi



2019-yilning noyabrida Lola Oʻzbekistonda qoʻshiqchi va musiqachilar faoliyati senzurasi tanqid qilingan „Sevgingni menga ayt“ yakkahon ijro etilgan taronasi klipini shaxsiy YouTube kanalida eʼlon qildi. Lolaning oʻzi rejissorlik qilgan klip tezda ommalashdi hamda muxlislar va tanqidchilar, jumladan, taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev tomonidan „ijtimoiy protest“ va „inqolobiy“ oʻlaroq baholandi. Klip Oʻzbekiston rasmiylariga xush kelmadi. Ular „barcha kliplar, musiqa va qoʻshiqlar Oʻzbekiston mentalitetiga mos kelishi kerak“, deya videoni tanqid qildi“. 2020-yil qoʻshiqchi YouTube kanalidagi barcha videolari bilan oʻchirib tashladi.

Diskografiyasi



Studiyaviy albomlari



Lola hozirgi kungacha 7 studiyaviy albom chiqargan:

Kliplari




Filmografiyasi



Aktrisa sifatida




Ssenariy muallifi




Mukofotlari



Lola bir necha mukofotga sovrindor boʻlgan.

2004-yil „Eng yaxshi sahna libosi“ nominatsiyasida „Tarona taqdimoti“ mukofotini olgan.

2005-yil ikkinchi marta shu mukofot bilan taqdirlangan. 2005-yil yana „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ nominatsiyasida ham „Tarona taqdimoti“ mukofotini qoʻlga kiritgan.

2006-yil „Tarona taqdimoti“ marosimida „Eng yaxshi musiqiy albomi“ nominatsiyasida „Topdim baxtimni“ albomi uchun mukofotni qoʻlga kiritgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz