Lola rennt
Lola rennt (German tilidan tarjimasi: Lola yugurmoqda), 1998-yilda german rejissori va dramaturgi Tom Tykwer tomonidan suratga olingan badiiy film. Filmda bosh rollarni Franka Potente va Moritz Bleibtreu ijro etishgan.
Mazmuni
Voqea Berlinda boʻlib oʻtadi. Lola ismli qizning jinoiy toʻdaga oʻralashib qolgan Manni ismli yigiti 100 ming olmon markasini yoʻqotib qoʻyadi. U Lolaga qoʻngʻiroq qilib, agar pul 20 daqiqa ichida topilmasa, uni toʻda boshligʻi oʻldirajagini aytib, yordam soʻraydi. Lola bu xabardan shoshib qolib, Mannining yoniga yuguradi. Film Lolaning 100 ming marka pul topish uchun yelib-yugurishlarini hikoya qiladi. Bunda Lolaning yugurishlari uch marta sodir boʻladi: birinchi yugurish soʻngida u politsiya xodimi tomonidan tasodifan oʻldiriladi; ikkinchi voqea oxirida esa Mannini tez yordam mashinasi urib ketadi. Bunda voqea yana boshidan boshlanadi. Lolaning uchinchi yugurishida ishlar oʻngidan kelib, Manni pullarni topadi va toʻda boshligʻi jazosidan qutuladi. Buning ustiga Lola qimorxonadan 127 ming marka yutib olgan boʻladi. Bu pullar Manni va Lolaga qoladi.
Rollarda
Havolalar
uz.wikipedia.org