Lola Glaudini
Lola Glaudini (1971-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U CBS telekanalining Criminal Minds teleserialidagi Elle Greenaway obrazi va HBO telekanalining The Sopranos serialidagi Debora Ciccerone-Waldrup kabi rollari bilan mashhur.
Yoshligi
Glaudini Nyu-Yorkning Manhattan tumanida tugʻilgan. Uning otasi Robert Glaudini asli italiyalik dramaturg boʻlib, Los Angelesdagi Mark Taper forumida ijro etilgan "The Poison Tree" asarida ishtirok etgan. Uning onasi Nina Diane (qizlik familyasi: Kapler) Rosen yahudiy oilasidan boʻlib, Californiada yozuvchi va kollej oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Faoliyati
2001—2004-yillar orasida Glaudini HBO efirga uzatgan serial Sopranosda federal xizmat agenti Debora Ciccerone-Waldrup rolida koʻrinish bergan. 2005-yilda esa Elle Greenaway rolida CBS Criminal Minds serialida muntazam ishtirok etgan, ammo ikkinchi mavsumda shouni tark etishga majbur boʻlgan. Bu kabi rollaridan oldin aktrisa NYPD Blueda geroinga qaram boʻlgan ofis yordamchisi Dolores Mayo sifatida paydo boʻlgan. U, shuningdek, The Good Guys, The King of Queens, Andy Richter Controls the Universe, Boomtown, Special Unit 2, Law & Order: Criminal Intent, Las Vegas, Monk, and ER kabi film va seriallarda maxsus mehmon sifatida ishtirok etgan. Glaudini Neil LaBute rolida Your Friends & Neighbors filmida ham qisqa epizodda paydo boʻladi.
Shaxsiy hayoti
Glaudining turmush oʻrtogʻi Stuart England va ikki oʻgʻil farzandi bilan Los Angelesda istiqomat ekan.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org