Lokomotiv stadioni (Toshkent)




Lokomotiv stadioni — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi futbol stadioni. Oʻzbekiston futbolining 100 yilligiga qurilgan. Stadion 8000 tomoshabinni sigʻdira oladi. Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi uy uchrashuvlarini stadionda oʻtkazadi.

Tarixi



Ushbu stadion Toshkent shahridagi eski Traktor stadioni oʻrnida qurilgan, qurulish ishlari 2009-yili boshlanib 2012-yili yakunlangan. Stadion sigʻimi 8,000 tomoshabinga moʻljallangan.

Stadion 2012-yili 11-mayda oʻzbek futbolining 100 yilli yubileyiga ochildi, stadion qurulishiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston temir yoʻllari jamiyati hamiylik qilgan. Stadion 8000 tomoshabinni sig‘dira oladi va barcha xalqaro standartlarga javob beradi. Yangi stadionda ilk bora 2012-yilgi oliy liga mavsumidagi Lokomotiv va Andijon FK klublari oʻynagan.

Tavsifi



Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz