Log'on svitasi




LOGʻON (LYAKON) SVITASI (Isfara yaqinidagi qishloq nomidan) — Fargona neft-gaz provinsiyasiga mansub stratigrafik boʻlinma, quyi boʻr qatlamlarining alb yarusida joylashgan. Bu svita stratigrafiyasi bilan O. M. Akramxoʻjayev va M. S. Saydaliyeva shugʻullangan. Svita yotqiziqlari oqish, kulrang va pushti ohaktoshlardan iborat. Baʼzi joylarda ohaktoshlar dolomitlashgan. Ular orasida oz miqsorda qizil gil va alevrolit qatlamlari uchraydi. Andijon guruh konlarida gil aralash qumtoshlardan tashkil topgan. Qumtoshlar mayda donali, yashil rangli. Qalinligi Isfara yaqinida 63 m, Quvasoyda 59 m, Soʻxda 25 m, Andijon guruh sturukturalarida 80–95 m, Qoraolmada 212 m, Qurshob botigʻida 161 m va h. k.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz