Log`on kanali




Logʻon kanali — Fargʻona vodiysidagi kanal. Uz. 32,6 km. 1939-yil 17 kun ichida 14 ming kishi ishtirokida qazilgan. Kanal qurilishida 338 ming m3 tuproq qazish ishlari bajarildi va bir qancha gidrotexnik inshootlar qurildi. Kanal sersuv Isfayramsoyni kamsuv Shohimardonsoy bilan birlashtiradi. Logʻon kanali ishga tushirilishi Fargʻona vodiysidagi ayrim tumanlarning suv bilan taʼminlanishini yaxshiladi va 20 ming ga qoʻshimcha yangi yer oʻzlashtirish imkonini berdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz