Lochin koʻchasi (Toshkent)




Lochin koʻchasi  — Uchtepa tumanining „Nishabariq“ va „Shofayzibogʻ“ mahallalari hududida. Kichik halqa yoʻli va Ibrat koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2,2 km.

Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. Yangi tashkil etilgan koʻchaga 1966-yil 27-dekabrda Lochin, 1980-yil 10-yanvarda A.Tojiev nomi berilgan. 2007-yil 2-avgustdan koʻchaning dastlabki nomi tiklangan.

Yoʻnalishida Xondamir, Durbek, Dilkash, Dadil, O.Jalilov va Asqad Muxtor koʻchalari bilan kesishgan. Tarkibida 6 ta tor koʻcha bor. Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari, bogʻcha, savdo shoxobchalari, mahalla guzari joylashgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz