Lizzie Durack
Elizabeth Christina Mary Durack (talaffuzi: Lizzi Durak; 1994-yil 20-mayda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Angliya Ayollar Superligasining „Chelsea“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.
Yoshligi
Durack Avstraliyada ingliz oilasida tugʻilgan. Maktab jamoasidagi yagona qiz edi.
Kollejdagi faoliyati
2013-yilda Durack Harvard universitetiga inson rivojlanishining regenerativ biologiyasini oʻrganish va Harvard Crimson futbol jamoasida oʻynash uchun kirdi.
Klublardagi faoliyati
Western Sydney Wanderers
Durack Shimoliy Gʻarbiy Sidney Koalasida Chloe Logarzo bilan besh yil birga va 2012-yilda Britaniya va Irlandiyaga gastrol qilgan Avstraliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi qizlar jamoasida oʻynagan. 2012–2013-yilgi W-Liga mavsumida Durack Western Sidney Wanderersning kengaytirilgan jamoasida oʻynadi. U Þóra Björg Helgadóttirning zaxira darvozaboni edi.
Everton
Durack 2013-yil boshida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun Angliyaga borgan.
Notts County
2016-yil iyun oyida Durack Notts County qoʻshildi.
Evertonga qaytish
Harvard universitetini tugatgandan soʻng Durack 2017-yilning iyul oyida yana Everton bilan shartnoma imzoladi.
2018-yilning 8-iyunida Durack „Chelsea“ bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.
Terma jamoalardagi faoliyati
Durack New South Wales Institute of Sportda oʻqigan va Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan, murabbiy uni xalqaro miqyosda oʻynash tajribasi yetarlicha yaxshi emas deb rad etgan.
Keyinchalik Angliya futbol assotsiatsiyasi Harvard universitetiga oʻz ayollar terma jamoasiga kirish huquqiga ega boʻlgan futbolchilar haqida maʼlumot soʻrab elektron pochta orqali xabar yubordi. Durackning onasi Doncasterda tugʻilib oʻsganligi sababli Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida oʻynab koʻrishga taklif qilindi.
U 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2013-yilgi UEFA chempionatining finaliga Angliyaga yordam berganidan soʻng, UEFA tomonidan oʻnta „yangi isteʼdodlar“ qatoriga kiritilgan. 2014-yilgi Kipr kubogida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Sampson Finlandiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Durackni asosiy tarkibga kirgizdi.
Oʻsha yilning oxirida u Kanadada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻrtasidagi uchta oʻyinida ham ishtirok etdi. 2016-yil iyun oyida Durack Angliyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida AQShga qarshi oʻynadi.
Nafaqa va keyingi hayoti
Durack 2019-yil sentyabrida nafaqaga chiqdi va Goldman Sachs’da ishladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org