Lizzie Arnot




Elizabeth Arnot (1996-yil 1-martda tugʻilgan), Lizzie Arnot nomi bilan tanilgan shotlandiyalik futbolchi, «Reynjers» klubi va Shotlandiya terma jamoasi uchun toʻp tepadi.

Klubdagi karyera



Arnot 2012-yil yanvar oyida Hibernian ayollar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Shotlandiyaning Edinburg City va Xatchinson Vale klublarida oʻynagan.

Hibernianda oʻynab, tizzasining xochsimon boylamlaridan jiddiy jarohat oldi, shu sababli u bir yilga yaqin futbol oʻynay olmadi va boshqa musobaqalar qatori Yevro-2017ni ham oʻtkazib yubordi. 2018-yilning may oyida jarohatidan tuzalib, yana terma jamoadan chaqiruv oldi. Terma jamoaga chaqiruv arafasida u Xiblar uchun kubok oʻyinida beshta gol urdi.

2018-yil iyun oyida BBC veb-sayti Arnotning Hibernianni tark etmoqchi ekanligi haqida xabar tarqtishdi. 2018-yil 27-iyun kuni Hibernian rasmiy veb-sayti Lizzie Arnot va Kirsty Smithning klubni tark etishini tasdiqladi. SHundan soʻng ikkalasi ham 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin tuzilgan Angliyaning «Manchester United» klubining ayollar jamoasining futbolchisiga aylanishdi. 2018-yilning 19-avgust kuni Arnot «Manchester United»ning «Liverpul» ayollar jamoasiga qarshi birinchi rasmiy oʻyinida ilk golini kiritdi.

2020-yil 31-iyulda u Shotlandiya ayollar Premer-ligasining «Reynjers» klubiga oʻtdi.

Terma jamoadagi karyera



2015-yil 17-sentabrda u Shotlandiyaning asosiy jamoasida debyut qildi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Shuningdek, u Shotlandiyaning 15 yoshgacha, 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan ayollar futbol jamoalarida oʻynagan.

Yutuqlar



Klubdagi yutuqlar



«Hibernian»

«Manchester United»

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz