Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasi Liviya sharafini himoya qiladigan milliy futbol terma jamoasidir. Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasi haligacha FIFA tomonidan tan olinmagan. Demakki, Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA reytingiga kirmagan.
Tarixi
Liviyada ayollar oʻyini juda kam rivojlangan. 2004-yilda Afgʻonistonda amalga oshirilgan shunga oʻxshash loyihadan ilhomlangan holda, Liviyada ham ayollar uchun oʻyin holatini yaxshilashga harakat qilish uchun loyiha ishlab chiqilgan edi. 2006-yilda mamlakatda bironta ham ayol futbolchi roʻyxatdan oʻtmagan. Oʻsha yili ayol futbolchilarni yaxshiroq roʻyxatga olish va ularning faoliyatini kuzatib borish uchun qoʻmita ishlab chiqilgan edi. 2006-yilda mamlakatda birorta ayollar jamoasi yoʻq edi. Shunga qaramay, Liviyada ayollar futbolig boʻlgan eʼtibor oshib bormoqda. Xususan, 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini mamlakatda translyatsiya qilish huquqini Al-Jazira va Eurosport telekanallari sotib olgan.
Liviyada Milliy federatsiya 1962-yilda tashkil etilgan va 1964-yilda FIFAga qoʻshilgan. Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamlari yashil koʻylaklar, oq shortilar va yashil paypoqlarni oʻz ichiga oladi. 2006-yilda mamlakatda Miliy federatsiya tarkibida ayollar futboliga mas’ul boʻlgan uchta xodim mavjud edi.
2021-yilda Abdul Hakim Al-Shalmaniy boshchiligidagi Liviya Futbol Assotsiatsiyasi mamlakat tarixidagi birinchi ayollar ligasi boshlanganini eʼlon qildi va ayollarligasining starti kelasi yilning birinchi sentyabrida boʻlishini maʼul qildi.
Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiya oʻyinlari
Afrika ayollar millatlar kubogi
Afrika oʻyinlari
UNAF ayollar turniri Oʻrtayer dengizi oʻyinlari Arab ayollar kubogi Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi
Quyida Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
Ushbu roʻyxatni tuzishda Liviya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[7]
Manbalar
uz.wikipedia.org