Liviya arab satsiolistik xalq jamahriyasi




Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi (Al-Jamahiriya al-Arabiya al-Libiya ash-Shaʼbiya alIshtirokiya) – Shimoliy Afrikadagi davlat. Maydoni: 1759,5 ming. Aholisi 6.830.087 kishi (2021). Poytaxti – Tripoli. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (baladiyya)ga boʻlinadi.Davlat tuzumi. Liviya – jamahiriya (xalq ommasi davlati). Konstitutsiyasi yoʻq. Rahbar organlari – Inqilobiy (Tarixiy) rahbariyat. Qonun chiqaruvchi organ – umumiy xalq kongressi. Ijrochi hokimiyat – hukumat vazifasini bajaruvchi Oliy Xalq qoʻmitasi.Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik shaharlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yaщaydi. Rasmiy til – arab tili. Davlat dini – Islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning shimoliy qismida, choʻlda siyrak, bir qismi koʻchmanchi. Aholining 82% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tripoli va Bingʻozi.Tarixi. Liviya hududida odam qadimdan yashab keladi. VII asrda Liviyani Arab xalifaligiga qoʻshib olingan. Liviyaga juda koʻp arab qabilalari koʻchirib keltirilishi natijasida mahalliy aholi arablar bilan chatishib ketgan. Islom dini keng tarqalgan. 1963-yilda Liviya unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Liviya 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami 1 sentabr – Inqilob Kuni (1969).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz