Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Livan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan va Livan Futbol Assotsiatsiyasi (LFA), Livandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, tomonidan nazorat qilinadi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Lekin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni, 2007 va 2019-yillarda esa shu turnirda uchinchi oʻrinni egalladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 2006-yilda Jazoir ayollar milliy futbol termasiga qarshi Arabiston ayollar chempionatida oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 12:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Biroq, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi AFC ayollar chempionatiga saralash oʻyini sakkiz yil oʻtib, 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yakunda Osiyo kubogi turniriga chiqa olmagan boʻlsa-da, 2013-yil 9-iyun kuni Quvayt ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 12-1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining bugungi kungacha eng yirik gʻalabasi hisoblanadi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ommaviy tilda „Lady Cedars“ (arabcha: صبايا الأرز) deb ataladi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamlari davlat milliy bayrogʻiga nisbta qilingan boʻlib, jamoaning uy liboslari asosan qizil, mehmondagi liboslari esa oq rangda boʻladi. 2006-yildan beri Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon reytingidagi oʻrni nisbatan beqaror boʻlib, jamoaning eng yaxshi reytingi 2009-yilning dekabrida 92-oʻrinni, eng yomoni esa 2018-yilning sentyabrida 148-oʻrinni egallagani edi.
Wael Gharzeddine boshchiligidagi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yanvar oyida 2019-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz ishtirokini mezbon Bahrayn terma jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlish bilan boshladi. Ikkinchi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi har bir boʻlimda kiritgan bittadan gol evaziga Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Iordaniya terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlishdi va Falastinni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruhda uchinchi oʻrinni egalladi.
Avgust oyida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Arabiston ayollar kubogida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Misr, Tunis va Sudan terma jamoalari bilan oʻynadi. Tunis terma jamoasi bilan 0:0 hisobida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor durang oʻynadi. Keyingi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Misr ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Sudan ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etdi va toʻrt ochko bilan oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashini 2021-yil oktabr oyida boshlagan va Myanma ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyingi oʻyinlarda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba va Guam ayollar terma jamoasiga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba ularning tarixda ilk bor Osiyo kubogi turniri yoʻllanmasi uchun yetarli boʻlmadi va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, musobaqadan chiqib ketdi.
2022-yilning avgust-sentyabr oylari orasida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Hagop Demirjian boshchiligida Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Falastin ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriyaga qarshi soʻnggi oʻyinda 5:2 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mezbon Iordaniya ayollar terma jamoasiga 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta WAFF chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Livanlik Lili Iskandar turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi
Quyida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
Ushbu roʻyxatni tuzishda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[22].
Oxirgi yangilangan: Livan — Suriya, 2022-yil, 4-sentabr
Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan barcha oʻyinlari
2006-yil
2007-yil
2010-yil
2011-yil
2013-yil
2015-yil
2017-yil
2018-yil
2019-yil
2021-yil
2022-yil
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org