Liu Yiming
Liu Yiming (talaffuzi: Lyu Imin) (1995-yil 28-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning birinchi ligasi vakili Wuhan Three Towns jamoasiga Guangzhoudan ijara asosida oʻtgan.
Klubdagi faoliyati
Liu futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Dalian Yitengning yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2012-yilda Sporting CP yoshlar akademiyasida sinovdan oʻtgan va koʻp oʻtmay jamoaga qoʻshilgan. 2013-yilning mart oyida u Xitoyning ikkinchi ligasidagi Liaoning Youth klubiga ijaraga berilgan. 2013-yilning dekabrida Liu Sporting B bilan 2019-yilgacha professional shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini „CD Aves“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan va ikkita sariq kartochka olib oʻyinning 43-daqiqasida maydonni tark etgan.
2016-yilning 1-fevralida Liu Xitoyning birinchi ligasi vakili „Tianjin Quanjian“ klubiga oʻtgan. U klub uchun birinchi golini 2017-yilning 1-aprelida Henan Jianyega qarshi uyinda kiritgan, ammo 94-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan.
2019-yilning 7-fevralida Liu Xitoy Superligasi vakili „Guangzhou“ga oʻtgan. 2019-yilning 1-martida u klubdagi debyutini „Tianjin Tyanxay“ga qarshi oʻz uyida oʻtkazgan. 2019-yilning 19-iyulida Liu 2019-yilgi mavsumning qolgan qismida oʻynash uchun yuqori divizion vakili Shenzhen jamoasiga ijaraga berilgan.
Xalqaro faoliyati
Liu Xitoy terma jamoasiga oʻsha paytdagi murabbiy Marcello Lippi tomonidan birinchi marta 2017-yil noyabr oyida EAFF E-1 Futbol chempionati 2017 uchun chaqirilgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2017-yilning 9-dekabrida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Klub
Tianjin Quanjian Guangzhou Evergrande Manbalar
uz.wikipedia.org