Liu Jianye




Liu Jianye (talaffuzi: Lyu Szyane) (1987-yil 17-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning Birinchi Ligasida „Heilongjiang Ice City“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Liu Jianye oʻz futbolchilik faoliyatini 2005-yilgi liga mavsumida Shenyang Ginde jamoasi bilan boshlagan, u jamoda 2005-yil 30-aprelda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qilgan. Butun mavsum davomida u ligada 19 ta oʻyinda maydonga tushgan. U jamoadagi birinchi golini „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (6:1) kiritgan. Keyingi mavsumda Liu klub uchun yana 25 liga oʻyinida oʻynagan va 2006-yilgi liga mavsumining koʻp qismida quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash bilan kechgan. 2007-yilgi liga mavsumi boshida Shenyang Changshaga koʻchib oʻtgan va oʻz nomini Changsha Ginde deb oʻzgartirgan. Ammo, Liu oʻzining koʻp qirraliligi tufayli jamoaning muhim aʼzosiga aylanganiga qaramay, ajoyib oʻyinlari ham samara bermay keyingi bir necha mavsumda klub doimiy ravishda quyi ligaga tushib qolgan. 2010-yilgi mavsum oxirida yana bir bor quyi ligaga tushib ketgan.

Changsha bilan quyi ligaga tushib qolganiga qaramay, Liu Xitoy terma jamoasida oʻzini namoyon qilgan va 2010-yilning dekabr oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Saintyga transfer qilingan. U 2011-yilgi mavsumda klub sardori etib tayinlangan va oʻzini klubning orqa chizigʻining muhim qismi sifatida koʻrsatdi.

2019-yilning 25-fevralida Liu 2019-yilgi mavsum uchun birinchi liga vakili Guangdong South China Tigerga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati



Liu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 18-iyulida Falastinga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. Oradan biroz vaqt oʻtib u 2010-yil dekabr oyida 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlar



Klub



Jiangsu Sainty

Xalqaro



Xitoy milliy futbol jamoasi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz